"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
LINGVISTIK MARKAZLASHGAN YONDASHUV ASOSIDA O’QUVCHILAR OG’ZAKI NUTQINI TAKOMILLASHTIRISH TAMOYILLARI
Qarshi davlat universiteti doktarantura talabasi
Annotatsiya
Mazkur maqola umumiy oʻrta ta'lim tizimida ona tili ta'limini tashkil etish jarayonida lingvistik markazlashgan yondashuvga tayangan holda oʻquvchilarning ogʻzaki nutqini takomillashtirishning nazariy-metodik asoslarini chuqur tadqiq etishga bagʻishlangan. Bugungi kunda globolashuv va axborotlashuv sharoitida yosh avlodning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish, ularni erkin, mantiqiy va ta'sirchan muloqotga oʻrgatish ta'lim oldidagi dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.Tadqiqot doirasida zamonaviy lingvodidaktika, psixolingvistika va pedagogika fanlari yutuqlaridan foydalanilgan holda, oʻquvchilarning ogʻzaki muloqot malakalarini shakllantirish jarayonini optimallashtiruvchi tamoyillar tizimi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Xususan, til va nutq birliklarini funksional jihatdan oʻzlashtirish, leksik-grammatik bazani bosqichma-bosqich boyitish, fonetik va intonatsion me'yorlarga amal qilish hamda nutqiy vaziyatlarni modellashtirish kabi muhim metodik prinsiplar atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada oʻquvchilarning ogʻzaki nutqida uchraydigan tipik xatoliklarning oldini olish, ularning ijodiy fikrlash qobiliyatlari va nutqiy faolligini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ilmiy ishda ilgari surilgan gʻoyalar va keltirilgan xulosalar ona tili darslarining samaradorligini yanada oshirishga, oʻquvchilarning ogʻzaki nutq madaniyatini yuksaltirishga hamda darslik va oʻquv qoʻllanmalarini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Kalit so'zlar: Lingvistik markazlashgan yondashuv, ogʻzaki nutq, kommunikativ kompetensiya, metodik tamoyillar, lingvodidaktika, nutqiy faoliyat, leksik-grammatik baza, muloqot madaniyati, nutqiy koʻnikma, funksional yondashuv, nutqiy vaziyat.