"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING LEKSIKOGRAFIK KOMPETENTLIGI: MAZMUNI VA KOMPONENTLI TUZILMASI
Farg‘ona davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi
Annotatsiya
Tezisda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining leksikografik kompetentligi lug‘aviy axborotni izlash, saralash, anglash, semantik tahlil qilish, kontekstga mos tanlash, nutqda qo‘llash va o‘z faoliyatini baholashni ta’minlovchi integrativ pedagogik kategoriya sifatida aniqlashtirilgan. Kompetentlikning motivatsion-qadriyatli, kognitiv, operatsional-faoliyatli, kommunikativ-nutqiy va refleksiv-baholovchi komponentlari, ularning psixopedagogik asoslari, o‘zaro funksional bog‘lanishlari hamda kuzatiladigan natija indikatorlari yoritilgan.
Kalit so'zlar: leksikografik kompetentlik, boshlang‘ich ta’lim, integrativ pedagogik kategoriya, komponentli tuzilma, funksional bog‘lanish, natija indikatorlari, lug‘at bilan ishlash madaniyati.