ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

BROUAV VTOL-4 DRONI: ZAMONAVIY VTOL TEXNOLOGIYALARI ASOSIDAGI KOʻP FUNKSIYALI UCHUVCHISIZ HAVO KEMASI TANSIFI

Temirova, Shaxnoza Bektursun qizi

“Oʻzdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining mustaqil izlanuvchisi, PhD

2026-08-04 · pp. 139–147 · DOI: 10.5281/zenodo.21743720 · UDK 51

Annotatsiya

Mazkur maqolada zamonaviy VTOL (Vertical Take-Off and Landing) texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan BROUAV VTOL-4 uchuvchisiz havo kemasining texnik va funksional xususiyatlari tahlil qilingan. Dronning vertikal uchish va qoʻnish imkoniyati, samolyot rejimida uzoq masofaga parvoz qilishi, avtonom boshqaruv tizimi hamda koʻp funksiyali sensorlar bilan integratsiyalash imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, mazkur UAV tizimining monitoring, geodeziya, kartografiya, qishloq xoʻjaligi, infratuzilma nazorati va favqulodda vaziyatlarda qoʻllanilish sohalari keng tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari BROUAV VTOL-4 dronining yuqori samaradorlikka ega zamonaviy gibrid UAV tizimi ekanligini koʻrsatadi.

Kalit so'zlar: VTOL, UAV, dron, uchuvchisiz havo kemasi, aeromonitoring, GIS, distansion zondlash, avtonom boshqaruv, gibrid dron, BROUAV VTOL-4.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi