ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

RAQAMLI JAMIYAT SHAROITIDA SIYOSIY MAFKURALAR TRANSFORMATSIYASI: AN’ANAVIY G‘OYALARDAN TARMOQLI DISKURSGACHA

Rasulov, Rustambek Odilovich

Fan va texnologiyalar universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsent v.b, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD),

2026-08-04 · pp. 195–198 · DOI: 10.5281/zenodo.21743718 · UDK 004

Annotatsiya

Maqolada siyosiy mafkuralarning klassik shakllardan raqamli va tarmoqli ko‘rinishlarga o‘tishi ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil qilingan. Liberalizm, konservatizm, sotsializm va millatchilik singari mafkuraviy an’analarning globallashuv, ijtimoiy tarmoqlar, algoritmik saralash va fragmentlashgan jamoatchilik ta’sirida o‘zgarishi yoritilgan. Mafkuraning yo‘qolishi emas, balki uning ishlab chiqarilish, tarqatilish va qabul qilinish mexanizmlari transformatsiyaga uchrayotgani asoslangan. Raqamli siyosiy kommunikatsiyaning demokratik ishtirok, manipulyatsiya, qutblashuv hamda fuqarolik mas’uliyatiga ta’siri ochib berilgan.

Kalit so'zlar: siyosiy mafkura, transformatsiya, raqamli jamiyat, siyosiy kommunikatsiya, tarmoqli diskurs, algoritm, identiklik, populizm, globallashuv, fuqarolik madaniyati.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi