"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
SUBMADANIYATLARNING GENEZISI VA ZAMONAVIY MADANIY MAKONDAGI TRANSFORMATSIYASI: IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLIL
Fan va texnologiyalar universiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi, Farg‘ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi
Annotatsiya
Maqolada submadaniyat tushunchasining nazariy mazmuni, uning tarixiy shakllanish omillari va zamonaviy madaniy makondagi transformatsiyasi ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil qilingan. Sanoatlashuv, urbanizatsiya, avlodlararo tafovut, ommaviy kommunikatsiya hamda raqamli platformalarning submadaniy birliklar paydo bo‘lishiga ta’siri ochib berilgan. Submadaniyat va kontrmadaniyat o‘rtasidagi farq, uslubning ramziy funksiyasi, guruhiy mansublik va submadaniy kapital masalalari yoritilgan.
Kalit so'zlar: madaniyat, submadaniyat, kontrmadaniyat, yoshlar, identiklik, uslub, submadaniy kapital, raqamli makon, globallashuv, madaniy transformatsiya.