"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
NAMANGAN VILOYATIDAGI TARIXIY-MADANIY MEROS OBYEKTLARINING TURIZM SALOHIYATI
Farg`ona davlat universiteti 3-bosqich tayanch doktaranti
Annotatsiya
Mazkur maqolada Namangan viloyatining tarixiy-madaniy meros salohiyati, hududdagi arxeologik yodgorliklarning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan tabiiy-geografik va tarixiy omillar hamda ularning turizmni rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Viloyat hududidagi Axsikent, Axsi, Munchoqtepa, Mug‘tepa, Buonamozor, Kayvonot va Eylaton kabi yodgorliklarning tarixiy ahamiyati yoritilib, Axsikentning qadimgi va o‘rta asrlardagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy mavqei alohida tadqiq etilgan. Tarixiy manbalar, arxeologik tadqiqotlar va ilmiy adabiyotlarning qiyosiy tahlili asosida Axsikentda rivojlangan shaharsozlik, mudofaa, hunarmandchilik va suv ta’minoti tizimlari mavjud bo‘lganligi ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, ushbu tarixiy-madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, ilmiy tadqiq etish va madaniy turizm jarayonlariga keng jalb etishning ilmiy-amaliy ahamiyati ochib berilgan.
Kalit so'zlar: Namangan viloyati, Axsikent, Axsi, tarixiy-madaniy meros, arxeologik yodgorlik, Buyuk Ipak yo‘li, shaharsozlik, hunarmandchilik, madaniy turizm, turizm salohiyati.