ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

IJTIMOIY MEDIA MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH MEXANIZMLARI VA AMALIY TAVSIYALAR

Muminova, Nasiba Bozorovna

Farg‘ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi

2026-08-04 · pp. 169–172 · DOI: 10.5281/zenodo.21743698 · UDK 004

Annotatsiya

Ushbu maqola ijtimoiy media madaniyatini shakllantirish mexanizmlarini psixologik nuqtayi nazardan tahlil qiladi va amaliy tavsiyalar ishlab chiqadi. Tadqiqotning maqsadi onlayn muhitda me’yoriy muloqot, mas’uliyatli axborot iste’moli hamda raqamli xulq-atvorni tartibga soluvchi omillarni tizimlashtirishdan iborat. Metodologiya sifatida konseptual tahlil, nazariy modellashtirish, hamda mavjud empirik ishlar natijalarini ikkilamchi tahlil qilish qo‘llanildi. Ilmiy yangilik ijtimoiy media madaniyatini ko‘p darajali tizim sifatida asoslash va uni shakllantirishni uch yo‘nalishda mexanizmlashtirishdan iborat: kognitiv mexanizmlar (algoritmik ta’sir, diqqat iqtisodiyoti), ijtimoiy mexanizmlar (me’yorlar, ijtimoiy taqqoslash, guruh bosimi) va institutsional mexanizmlar (platforma dizayni, moderatsiya, media savodxonlik siyosati). Amaliy natija sifatida ta’lim, oilaviy muhit, tashkilotlar va platformalar uchun xulqiy me’yorlarni mustahkamlovchi tavsiyalar taklif etiladi.

Kalit so'zlar: ijtimoiy media madaniyati; raqamli etika; media savodxonlik; algoritmik ta’sir; onlayn muloqot me’yorlari; toksik kommunikatsiya.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi