ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

SHOLICHILIK TARMOG‘IDA IQTISODIY SAMARADORLIKNI OSHIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Qodirov, Shuxratbek Qutbidinovich

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Tayanch doktoranti

2026-08-04 · pp. 152–156 · DOI: 10.5281/zenodo.21743690 · UDK 63

Annotatsiya

Mazkur tezisda sholichilik tarmog‘ida iqtisodiy samaradorlikni oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari, tarmoq rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy iqtisodiy omillar hamda resurslardan samarali foydalanishning ustuvor yo‘nalishlari yoritilgan. Yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, yuqori hosildor sholi navlarini keng qo‘llash, ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirish va mehnat unumdorligini oshirishning iqtisodiy ahamiyati ochib berilgan. Mahsulotni saqlash, qayta ishlash va realizatsiya qilish jarayonlarini takomillashtirish orqali qo‘shilgan qiymatni ko‘paytirish, tarmoq rentabelligini oshirish hamda ishlab chiqaruvchilarning daromadliligini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Sholichilik tarmog‘ining barqaror rivojlanishini ta’minlash, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash va qishloq xo‘jaligida iqtisodiy samaradorlikni yuksaltirishga xizmat qiluvchi ilmiy-amaliy yondashuvlar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: sholichilik, iqtisodiy samaradorlik, resurslardan foydalanish, hosildorlik, innovatsiyalar, agrotexnologiyalar, ishlab chiqarish xarajatlari, qayta ishlash, rentabellik, qishloq xo‘jaligi.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi