"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
SUG‘ORILADIGAN CHO‘L TUPROQLARIDA RUX (Zn) ELEMENTI GEOKIMYOSI
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Biologiya yo‘nalishi magistranti
Annotatsiya
Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysining sug‘oriladigan cho‘l tuproqlarida rux (Zn) elementining geokimyoviy xususiyatlari o‘rganilgan. Tadqiqotda tuproq profili bo‘yicha Zn elementining yalpi va harakatchan shakllari aniqlanib, ularning vertikal taqsimlanishi hamda sug‘orish ta’sirida migratsiya xususiyatlari baholangan. Tadqiqot natijalari sug‘oriladigan cho‘l tuproqlarida Zn elementining asosan yuqori qatlamlarda to‘planishini, uning harakatchanligi esa tuproqning fizik-kimyoviy xossalari va sug‘orish sharoitiga bog‘liqligini ko‘rsatdi. Olingan natijalar sug‘oriladigan tuproqlarda ruxning geokimyoviy holatini baholash, tuproq unumdorligini saqlash va barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Kalit so'zlar: sug‘oriladigan cho‘l tuproqlari, rux (Zn), geokimyo, mikroelementlar, element migratsiyasi, tuproq profili