ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

ANDIJON SHAHRI SHAROITIDA JUNIPERUS VIRGINIANA L. O‘SIMLIGIDA PLANOCOCCUS VOVAE (NASONOV, 1909) NING UCHRASHI

Raxmanova, Gulasal Inomjon qizi; Tillayeva, Saidaxon Toxirjon qizi

Andijon davlat universiteti magistranti
Andijon davlat universiteti tayanch doktoranti

2026-08-04 · pp. 124–126 · DOI: 10.5281/zenodo.21743672

Annotatsiya

Andijon shahri ko‘kalamzorlashtirish hududlarida o‘stirilayotgan virgin archasi — Juniperus virginiana L. da archa unsimon qurti Planococcus vovae (Nasonov, 1909) ning uchrashi aniqlandi. Zararkunanda koloniyalari asosan novdalar, ularning birikish qismlari va ignabarglar orasida joylashganligi kuzatildi. Zararlangan o‘simliklarda oq mumsimon ajralmalar to‘planishi, ignabarglarning sarg‘ayishi hamda ayrim novdalarning qurishi qayd etildi. Olingan natijalar Andijon shahri sharoitida J. virginiana o‘simliklarining fitosanitar holatini nazorat qilishda P. vovaega alohida e’tibor qaratish zarurligini ko‘rsatadi.

Kalit so'zlar: Planococcus vovae, Juniperus virginiana, Pseudococcidae, archa, , Andijon.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi