"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
TIL SHAXSIYATI VA MUALLIF KONSEPTIDA NUTQIY AKTLARNING AHAMIYATI
BDPI dotsenti (PhD)
Annotatsiya
Mazkur tezisda til shaxsiyati, muallif konsepti va nutqiy aktlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar lingvopragmatik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Til shaxsiyatining kommunikativ faoliyatda namoyon bo‘lishi, muallif konseptining badiiy matnda ifodalanish usullari hamda nutqiy aktlarning muallif niyatini yuzaga chiqarishdagi o‘rni yoritiladi. Tadqiqotning amaliy qismida Jamol Kamolning Anvarmirzo hikoyatlari turkumiga kiruvchi "Toshkent metrosi qurilishi hikoyati" she’ri misolida baholovchi, ekspressiv va direktiv nutqiy aktlarning muallif konseptini shakllantirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari nutqiy aktlar badiiy matn pragmatikasida muallifning kommunikativ maqsadi, individual uslubi va til shaxsiyatini namoyon etuvchi muhim vosita ekanligini ko‘rsatadi.
Kalit so'zlar: til shaxsiyati, muallif konsepti, nutqiy akt, lingvopragmatika, pragmatika, kommunikativ niyat, illokutiv akt, badiiy matn, Jamol Kamol, she’riy nutq.