"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
HAMZA NASRIY ASARLARIDA USLUBNING O‘ZIGA XOSLIGI
Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti tayanch doktoranti
Annotatsiya
Ushbu maqolada Hamza nasriy asarlaridagi uslubiy xilma-xilliklar tahlil qilinadi. Har bir ijodkor dunyoni o‘z ijodiy tajribasidagi hissiyotlari, olamni idrok etuvchi mahorati bilan ko‘radi. Yozuvchi bir asarni yaratishga harakat qilar ekan, avvalo bir qancha vaqtini material to‘plashga sarflaydi. So‘ng uni o‘z nuqtayi nazari, tajribasi vositasida elakdan o‘tkazadi. Har qanday asar yaralmasin yozuvchi unda o‘z estetik g‘oyalarini yuklashga ahamiyat beradi. Yozuvchi faqat yozish bilan emas, ma’lum faktlarni yig‘ish, qiyoslash bilan shug‘ullanadi. Bu esa uning ijodiy konsepsiyasini boyitadi. Ijodiy uslub ravonligini orttiradi. Cho‘lpon “Sen so‘zga ipakdan ko‘ylak kiygizding” deganda adibning iste’dinining zohiriy ko‘rinishiga baho berib, yozuvchi har qanday asar yaratishda “ipakdan ko‘ylak kiyishi” ya’ni mukammal tajribaga ega bo‘lishi lozimligini ta’kidlab o‘tadi.
Kalit so'zlar: Uslub, ijodkor uslubi, jarayon, estetik ideal, jadidchilik, nasr.