"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
“FARHOD VA SHIRIN” DOSTONI INGLIZCHA TARJIMASIDA METAFORALARNI TARJIMA QILISH USULLARI
CAMU хalqaro tibbiyot universiteti
Annotatsiya
Mazkur maqolada Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni inglizcha tarjimasida metaforalarni ifodalashda qo‘llangan tarjima usullari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida metaforalarni tarjima qilish bo‘yicha G.Toury, P.Newmark, M.Snell-Hornby, M.Dagut va boshqa olimlarning qarashlari umumlashtirilib, doston tarjimasi misolida ularning amaliy ahamiyati yoritiladi. Tarjimada metaforani saqlash, ekvivalent metafora bilan almashtirish, o‘xshatish orqali ifodalash hamda semantik izohlash usullarining badiiy matn mazmuniga ta'siri baholanadi.
Kalit so'zlar: metafora, badiiy tarjima, tarjima usullari, semantik ekvivalentlik, lingvomadaniyat, Alisher Navoiy, Farhod va Shirin, ingliz tili.