"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
O‘ZBEKISTON MUZEYLARINING BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI TAYYORLASHDAGI DIDAKTIK IMKONIYATLARI
FarDU Mustaqil tadqiqotchisi
Annotatsiya
Maqolada O‘zbekiston muzeylarining pedagogik ta’lim yo‘nalishlari talabalarini kasbiy tayyorlashdagi didaktik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Muzey pedagogikasining nazariy asoslari, muzey faoliyatini tartibga soluvchi milliy normativ-huquqiy hujjatlar hamda respublika muzeylari tarmog‘ining ta’limiy resurs sifatidagi salohiyati ko‘rib chiqiladi. Bo‘lajak o‘qituvchi tayyorgarligida muzey muhitining mazmuniy-informatsion, metodik, kasbiy-amaliy, tarbiyaviy-aksiologik, tadqiqotchilik va raqamli imkoniyatlari ajratib ko‘rsatiladi. Muzey resurslaridan foydalanishning uch bosqichli metodik modeli taklif etiladi va uni amaliyotga joriy etishdagi mavjud to‘siqlar bo‘yicha takliflar bayon qilinadi.
Kalit so'zlar: muzey pedagogikasi, didaktik imkoniyat, bo‘lajak o‘qituvchi, kasbiy kompetensiya, madaniy meros, noformal ta’lim, muzey-dars, o‘lkashunoslik, virtual muzey.