ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Aconitum talassicum O‘SIMLIGINING YER USTI QISMLARIDAGI MIKRO VA MAKROELEMENTLAR TARKIBI HAMDA MIQDORI

Eshmatov, Jasurbek Murodovich; Tursunov, Jaxongir Isroilovich; Jalolov, Iqboljon Jamolovich

Farg‘ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi
Farg‘ona davlat universiteti Kimyo kafedrasi, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent,
Farg‘ona davlat universiteti Kimyo kafedrasi professori

2026-08-04 · pp. 115–117 · DOI: 10.5281/zenodo.21743640 · UDK 53

Annotatsiya

Ushbu maqolada Aconitum talassicum Popov o‘simligining yer usti qismlaridagi makro- va mikroelementlar tarkibi induktiv bog‘langan plazmali optik-emission spektrometriya usulida o‘rganildi. Tadqiqot uchun o‘simlikning alohida ajratilgan yer usti qismi namunalari olindi. Namunalar konsentrlangan nitrat kislota va vodorod peroksidi aralashmasida Berghof Speedwave Xpert mikroto‘lqinli parchalash qurilmasida minerallashtirildi. Hosil qilingan eritmalardagi elementlar miqdori PerkinElmer Avio 200 ICP-OES spektrometrida standart eritmalarga nisbatan aniqlandi. Tadqiqot natijasida o‘simlikning yer ustki qismidagi uchraydigan makroelementlar, biogen mikroelementlar va ayrim og‘ir metallarning miqdoriy ko‘rsatkichlari olindi. Olingan natijalar Aconitum talassicum o‘simligining kimyoviy tarkibini tavsiflash, uning biologik xususiyatlarini asoslash va o‘simlik xomashyosining element tarkibiga oid ma’lumotlar bazasini kengaytirishda ilmiy ahamiyatga ega.

Kalit so'zlar: Aconitum talassicum, yer usti qismi, makroelement, mikroelement, mineral tarkib, ICP-OES, mikroto‘lqinli minerallashtirish, optik-emission spektrometriya.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi