"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILARNING NUTQIY FAOLLIGINI FE’L SO‘Z TURKUMI YORDAMIDA RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ZARURATI
Namangan davlat universiteti 2-bosqich tayanch doktaranti
Annotatsiya
Ushbu tezisda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy faolligini shakllantirish va kuchaytirishda fe’l so‘z turkumidan foydalanishning pedagogik asoslari tahlil qilinadi. Kichik maktab yoshi bolaning adabiy til me’yorlarini egallashi, fikrni og‘zaki va yozma tarzda ifodalashi, savol-javob jarayonida faol qatnashishi hamda matn mazmunini mustaqil qayta bayon eta boshlashi bilan ajralib turadi. Fe’l harakat, holat, jarayon va munosabatni bildirishi sababli o‘quvchi nutqiga dinamiklik beradi, fikrni predmetni nomlash darajasidan voqea va harakatni tasvirlash darajasiga olib chiqadi. Tezisda fe’llar asosida nutq o‘stirishning didaktik imkoniyatlari, interfaol mashq turlari va kutiladigan ta’limiy natijalari yoritilgan.
Kalit so'zlar: boshlang‘ich ta’lim, kichik maktab yoshi, nutqiy faollik, fe’l, og‘zaki nutq, yozma nutq, kommunikativ kompetensiya, matn tuzish, metodik mashq, pedagogik ehtiyoj.