"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
QIYOSIY ADABIYOT ASOSIDA KOREYS TILINI O‘QITISH: TARIXIY XOTIRA VA MADANIYATLARARO KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti koreys tili yo‘nalishi katta o‘qituvchisi
Annotatsiya
Mazkur maqolada koreys tilini chet tili sifatida o‘qitishda qiyosiy adabiyot metodidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda koreys va o‘zbek adabiyotidagi tarixiy xotira, urush, sog‘inch, ayriliq, kutish kabi umumiy motivlarni qiyosiy tahlil qilish orqali talabalarning madaniyatlararo kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi taklif etiladi. Shuningdek, she'riy va nasriy matnlarni tarixiy hamda madaniy kontekst asosida o‘qitishning samarali usullari yoritilib, dars jarayonida qo‘llash mumkin bo‘lgan amaliy tavsiyalar beriladi.
Kalit so'zlar: koreys tili, qiyosiy adabiyot, tarixiy xotira, madaniyatlararo kompetensiya, 이산가족, urush yillari adabiyoti, badiiy matn, koreys tili metodikasi.