"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
PEDAGOGIKA TA’LIMI YO‘NALISHI TALABALARINING KASBIY MOBILLIGINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI
Chirchiq Davlat pedagogika universiteti mustaqil izlanuvchisi
Annotatsiya
Mazkur maqolada pedagogika ta’limi yo‘nalishi talabalarining kasbiy mobilligini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Zamonaviy ta’lim tizimida bo‘lajak pedagoglardan nafaqat chuqur nazariy bilim, balki o‘zgaruvchan pedagogik sharoitlarga moslashish, yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish, mustaqil qaror qabul qilish va uzluksiz kasbiy rivojlanish qobiliyati talab etilmoqda. Maqolada kasbiy mobillik tushunchasining mazmuni, uning tarkibiy qismlari hamda pedagogik ta’lim jarayonida shakllantirish mexanizmlari tahlil qilingan. Shuningdek, talabalar kasbiy mobilligini rivojlantirishda kompetensiyaviy yondashuv, loyiha faoliyati, pedagogik amaliyot, innovatsion ta’lim texnologiyalari, raqamli kompetensiyalar va refleksiv faoliyatning ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqot natijasida pedagogika yo‘nalishi talabalarining kasbiy mobilligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi samarali pedagogik shart-sharoitlar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: kasbiy mobillik, pedagogika ta’limi, bo‘lajak pedagog, kompetensiya, kasbiy kompetentlik, innovatsion texnologiyalar, loyiha faoliyati, pedagogik amaliyot, raqamli kompetensiya, refleksiya.