"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
PEDAGOGIKA YO‘NALISHI TALABALARINING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA O‘QUV AMALIYOTINING O‘RNI
Chirchiq Davlat pedagogika universiteti mustaqil izlanuvchisi
Annotatsiya
Mazkur maqolada pedagogika yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishda o‘quv amaliyotining o‘rni va ahamiyati yoritilgan. O‘quv amaliyoti jarayonida amaliy, interaktiv va innovatsion metodlardan, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda metodik portfoliodan foydalanish orqali talabalarning kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish masalalari tahlil qilingan. Pedagogik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-uslubiy va ishlab chiqarish amaliyotlarining bo‘lajak o‘qituvchilarni zamonaviy pedagogik faoliyatga tayyorlashdagi o‘rni asoslab berilgan.
Kalit so'zlar: o‘quv amaliyoti, kasbiy kompetentlik, pedagogika yo‘nalishi, bo‘lajak o‘qituvchi, pedagogik amaliyot, amaliy metodlar, interaktiv metodlar, metodik portfolio, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), kompetensiyaviy yondashuv, pedagogik texnologiyalar, refleksiya, kasbiy tayyorgarlik, innovatsion ta’lim.