ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

MUMTOZ BADIIY MATNLARDA MILLIY-MADANIY BIRLIKLARNING TARJIMA STRATEGIYALARI

Sapaeva, Feruza Davlatovna

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Jahon adabiyoti kafedrasi professori

2026-08-04 · pp. 302–304 · DOI: 10.5281/zenodo.21743610 · UDK 82

Annotatsiya

Ushbu maqolada mumtoz adabiy matnlar tarjimasiga xos nazariy va amaliy muammolar Maxtumquli Firog‘iy asarlarining o‘zbek, qoraqalpoq va ozarbayjon tillariga amalga oshirilgan tarjimalari misolida atroflicha tahlil qilinadi. Mumtoz she’riy matnlar tarjimasi jarayonida, ayniqsa, shoirning asl turkman tilida bitilgan misralarini qardosh turkiy tillarga o‘girish masalasi alohida ilmiy e’tibor talab etadi. Chunki genetik va tipologik jihatdan yaqin bo‘lgan tillar o‘rtasidagi tarjima jarayoni tashqi o‘xshashliklarga qaramay, semantik, stilistik va poetik darajalarda bir qator murakkabliklarni yuzaga keltiradi. Maxtumquli ijodini o‘zbek, qoraqalpoq va ozarbayjon tillariga tarjima qilish jarayonida ayrim leksik birliklar, obrazlar tizimi, ramziy ifodalar hamda she’riy ohangning to‘laqonli aks etmasligi kuzatiladi. Natijada, ba’zi hollarda tarjima matnida ma’no noaniqliklari yoki asl mazmunning qisman o‘zgarishi holatlari yuzaga keladi. Mazkur maqolada ana shu muammolar tizimli ravishda yoritilib, ularni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy taklif va xulosalar ilgari suriladi.

Kalit so'zlar: Maxtumquli, mumtoz matn, she’r, badiiy adabiyot, tarjima muammolari, shakl va mazmun, asliyat, til vositalari, o‘zbek, qoraqalpoq va ozar tillari, aruz va barmoq vazni, Qur’oni Karim va Islom madaniyati.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi