"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
“KI BAYTIM SATRI IKKIDUR: BIRI DILXUSH, BIRI DILXUN...” (Erkin Vohidov ijodi misolida)
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Jahon adabiyoti kafedrasi dotsenti v.b.,PhD
Annotatsiya
XX asr o‘zbek she’riyatining koʻzga koʻringan siymosilaridan biri, oʻzining oʻlmas she’rlari, gʻazallari va hajviy she’rlari hamda salmoqli tarjimalari bilan oʻzbek zamonaviy adabiyoti rivojiga hissa qoʻshgan Oʻzbekiston Qahramoni, shoir Erkin Vohidov she’rlari va unda tasvirlngan badiiy vositalar, she’r go‘zalligi, so‘z qo‘llash mahorati va shu kabilar haqida so‘z boradi. Shoir ijodining badiiy qiymati, tarbiyaviy ahamiyati haqida ma’lumotlar yoritilgan. Shu bilan birga shoir ijodining oʻzbek adabiy munaqqidlari tomonidan tahlil qilingan she’rlari ham keng oʻrganilgan.
Kalit so'zlar: dilxush, dilxun, kamtarlik, qasida, tazod, qofiya, vazn, tarjima, tahlil, tanqid, she’riyat.