ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

YARIMO‘TKAZGICH YUPQA PARDALARINI OLISH TEXNIKASI VA TEXNOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH

Islomova, Shaxrizoda Abrorjon qizi

Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktoranti

2026-08-04 · pp. 23–24 · DOI: 10.5281/zenodo.21743597 · UDK 53

Annotatsiya

Ushbu maqolada bir jinsli bo‘lmagan yupqa yarimo‘tkazgich pardalarini olish texnikasi va texnologiyasini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Vakuum sharoitida turli elementlardan tashkil topgan yarimo‘tkazgich birikmalarini anizotrop bug‘latish usuli orqali yupqa pardalar olish jarayoni tadqiq etilgan. Bug‘latish va texnologik jarayon parametrlarining yupqa pardalarning tarkibi, strukturasi hamda fotoelektrik va fotomagnit xususiyatlariga ta’siri o‘rganilgan. Olingan namunalarning volt-amper xarakteristikalari, optik anizotropiyasi, anomal yuqori fotokuchlanish va fotomagnit effektlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari asosida bir jinsli bo‘lmagan yupqa yarimo‘tkazgich pardalaridan mikroelektron va optoelektron qurilmalar, fotopriyomniklar hamda fotoelektrik axborot-o‘lchov tizimlarini yaratishda foydalanish imkoniyatlari ko‘rsatilgan.

Kalit so'zlar: yupqa yarimo‘tkazgich pardalar, bir jinsli bo‘lmagan struktura, anizotrop bug‘latish, vakuum, polikristall yarimo‘tkazgich, p-n-o‘tish, fotokuchlanish, fotomagnit effekt, optik anizotropiya, mikroelektronika, optoelektronika.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi