"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA “SOG‘INCH” KONSEPTINING FRAZEOLOGIK VA PAREMIOLOGIK IFODASI
Farg‘ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi
Annotatsiya
Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillarida “sog‘inch” konseptining frazeologik hamda paremiologik vositalar orqali ifodalanishi qiyosiy-kognitiv nuqtayi nazardan tadqiq etilgan. Tadqiqotning maqsadi ikki tilda sog‘inch konseptining milliy-madaniy va lingvokognitiv xususiyatlarini frazeologik birliklar hamda maqol va matallar asosida aniqlashdan iborat. Tadqiqotda qiyosiy-tipologik, komponent tahlil, konseptual tahlil, lingvomadaniy va kognitiv tahlil metodlaridan foydalanildi. Tahlil natijasida o‘zbek tilida sog‘inch konsepti kutish, diydor, yor, vatan, uy, vaqt va ruhiy kechinmalar bilan bog‘liq yagona konseptual markaz atrofida shakllanishi, ingliz tilida esa longing, yearning, nostalgia va homesickness kabi alohida konseptual birliklar orqali ifodalanishi aniqlandi. Frazeologik va paremiologik birliklar beshta asosiy kognitiv maydon – kutish, diydor, makon, xotira va ruhiy og‘riq asosida tizimlashtirildi. Tadqiqot natijalari emotsional konseptlarni qiyosiy o‘rganish, frazeologiya, paremiologiya, kognitiv va lingvomadaniy tadqiqotlar uchun ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Kalit so'zlar: sog‘inch konsepti, frazeologiya, paremiologiya, kognitiv tilshunoslik, lingvomadaniyat, qiyosiy tahlil, emotsional konsept, longing, nostalgia, homesickness.