"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
O‘ZBEK TILIDA ELEKTRON SAVDO LEKSIKASINING SEMANTIK-STRUKTUR VA PRAGMATIK XUSUSIYATLARI
Termiz davlat universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya
Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek tilshunosligining dolzarb masalalaridan biri – elektron savdo (e-commerce) leksikasining tizimli-strukturaviy, semantik va funktsional-pragmatik xususiyatlari tadqiq etilgan. Tadqiqot obyekti sifatida milliy elektron marketpleyslar (Uzum Market, Olx.uz) interfeyslari hamda ijtimoiy tarmoqlardagi (Telegram, Instagram) tijorat kanallari matnlari tanlab olingan. Maqolada raqamli savdo terminologiyasining shakllanish manbalari, o‘zlashma qatlam muammolari, an’anaviy leksik birliklarning virtual muhitdagi semantik derivatsiyasi (ma’no ko‘chishi) hamda xalqaro fond ta’sirida yuzaga kelayotgan terminologik hodisasi jonli misollar yordamida ilmiy asoslab berilgan. Shuningdek, neologizmlarning iste’molchi psixologiyasiga ko‘rsatadigan lingvopragmatik ta’siri tahlil qilinib, sohadagi terminlar bo‘yicha amaliy tavsiyalar ilgari surilgan.
Kalit so'zlar: elektron savdo, raqamli iqtisodiyot, terminologiya, semantik derivatsiya, terminologik interfontsiyalar, marketpleys, lingvopragmatika, neologizmlar.