"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
ARXITEKTURA YO‘NALISHI TALABALARINING INGLIZ TILIDA OG‘ZAKI NUTQ KOMPETENSIYASINI O‘YIN TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA RIVOJLANTIRISHNING MEZONLARI, TAMOYILLARI VA METODIK YONDASHUVLARI
Namangan davlat chet tillari instituti
Annotatsiya
Mazkur tezisda arxitektura yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida og‘zaki nutq kompetensiyasini o‘yin texnologiyalari asosida rivojlantirish masalasi yoritilgan. Talabalarning kasbiy muloqotga kirishishi, arxitektura loyihalarini taqdim etishi, o‘z fikrini asoslab berishi hamda mijoz va mutaxassislar bilan ingliz tilida muloqot qilishi uchun zarur bo‘lgan nutq ko‘nikmalari tahlil qilingan. Og‘zaki nutq kompetensiyasini rivojlantirishning motivatsion, lingvistik, kommunikativ, kasbiy-pragmatik va refleksiv mezonlari taklif etilgan. Shuningdek, o‘yin faoliyatini tashkil etishda kommunikativlik, kasbiy yo‘naltirilganlik, faollik, izchillik, hamkorlik va refleksiya tamoyillarining ahamiyati asoslangan. Kompetensiyaviy, kommunikativ, faoliyatga asoslangan, kontekstual va vazifaga yo‘naltirilgan metodik yondashuvlarning imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan.
Kalit so'zlar: arxitektura ta’limi, ingliz tili, og‘zaki nutq kompetensiyasi, o‘yin texnologiyalari, ESP, baholash mezonlari, metodik tamoyillar, kasbiy muloqot.