"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA EKOLOGIK KOMPETENSIYA VA KOMPLEKS FIKRLASH UYG‘UNLIGINI TA’MINLASHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Annotatsiya
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik kompetensiya va kompleks fikrlash uyg‘unligini shakllantirishga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlar nazariy-metodik jihatdan asoslangan. Kompleks fikrlashning tizimli aloqalarni aniqlash, sabab va oqibat zanjirlarini qurish, ko‘p omilli vaziyatni tahlil qilish, jarayon dinamikasini kuzatish, yechim oqibatlarini oldindan tasavvur etish hamda asoslangan qaror ishlab chiqish ko‘rsatkichlari tavsiflangan.
Kalit so'zlar: ekologik kompetensiya, kompleks fikrlash, tizimli fikrlash, boshlang‘ich ta’lim, barqaror rivojlanish, ekologik ta’lim, fanlararo integratsiya, loyiha faoliyati, refleksiya, pedagogik shart-sharoit.