"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
INGLIZ TILIDA YOZMA NUTQNI RIVOJLANTIRISHDA KOMMUNIKATIV YONDASHUVNING SAMARADORLIGI
Urganch Davlat Pedagogika Instituti
Annotatsiya
Mazkur maqolada bo‘lajak pedagoglarda ingliz tilida yozma nutq kompetensiyasini rivojlantirishda kommunikativ yondashuvning nazariy va amaliy imkoniyatlari tahlil qilinadi. Yozma nutq kompetensiyasining tarkibiy qismlari, kommunikativ yondashuv tamoyillari hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida yozma nutqni rivojlantirish metodlari yoritilgan. Shuningdek, esse, elektron pochta, hisobot, reflektiv yozuv, blog va loyiha ishlari orqali talabalarning akademik yozuv ko‘nikmalarini rivojlantirish yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalariga tayangan holda kommunikativ yondashuvning talabalarning mustaqil fikrlash, tanqidiy tahlil qilish, mantiqiy bayon etish va yozma muloqot kompetensiyasini shakllantirishdagi ahamiyati asoslangan.
Kalit so'zlar: kommunikativ yondashuv, yozma nutq kompetensiyasi, akademik yozuv, kompetensiyaviy ta'lim, ingliz tili, interfaol metodlar, bo‘lajak pedagog.