ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

OLIY TA’LIM TIZIMIDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYANING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Bakayeva, Mexriniso Izatovna

Osiyo Xalqaro Universiteti Umumtexnik fanlar kafedrasi assistant o‘qituvchisi, tayanch doktaranti

2026-08-04 · pp. 216–221 · DOI: 10.5281/zenodo.21743552 · UDK 378

Annotatsiya

Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimida raqamli transformatsiyaning mazmun-mohiyati va zamonaviy rivojlanish tendensiyalari tahlil qilingan. Raqamli texnologiyalarning ta’lim jarayoni, pedagogik yondashuvlar hamda boshqaruv tizimiga ta'siri yoritilgan. Shuningdek, sun'iy intellekt, bulutli texnologiyalar, Big Data va HyFlex kabi innovatsion yechimlarning ta’lim sifatini oshirishdagi imkoniyatlari asoslab berilgan. Mahalliy va xorijiy tadqiqotlar asosida raqamli transformatsiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish omillari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish hamda raqobatbardosh kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: raqamli transformatsiya, oliy ta’lim, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, HyFlex ta’lim modeli, aralash ta’lim (Blended Learning), raqamli kompetensiyalar, ta’limni raqamlashtirish.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi