"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
BEATRIX POTTER ERTAKLARIDA HAYVON OBRAZINING TARBIYAVIY FUNKSIYASI
University of Business and Science (UBS) nodavlat oliy ta’lim muassasasi magistranti
Annotatsiya
Ushbu maqolada ingliz yozuvchisi Beatrix Potter ertaklarida hayvon obrazlarining tarbiyaviy va axloqiy funksiyalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda “The Tale of Peter Rabbit”, “The Tale of Jemima Puddle-Duck”, “The Tale of Benjamin Bunny” kabi mashhur asarlardagi hayvon qahramonlar orqali bolalarda mehnatsevarlik, itoatkorlik, jasorat, tabiatni sevish va mehr-shafqat tuyg‘ularini shakllantirish jarayoni yoritilgan. Maqolada Potter ijodidagi antropomorfizmning badiiy-falsafiy mohiyati, uning bolalar adabiyoti va didaktika bilan bog‘liqligi ko‘rsatib beriladi. Tadqiqotda qiyosiy, psixologik va adabiyotshunoslik metodlaridan foydalanilgan.
Kalit so'zlar: Beatrix Potter, hayvon obrazi, tarbiyaviy funksiya, antropomorfizm, bolalar adabiyoti, axloq, tabiat, didaktika.