ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

ZOKIRJON FURQATNING ADABIY-ESTETIK QARASHLARI

Ro‘ziyev, Temurbek Erkinjonovich

FDU mustaqil tadqiqotchisi

2026-08-04 · pp. 259–261 · DOI: 10.5281/zenodo.21743529 · UDK 82

Annotatsiya

Ushbu tezisda milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyotining yirik vakili Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqatning adabiy-estetik qarashlari tahlil qilinadi. Shoirning badiiy ijod mohiyati, she’r va shoirlik, so‘zning ta’sir kuchi, musiqa san’ati, estetik zavq, ilm-ma’rifat hamda milliy taraqqiyot haqidagi fikrlari uning “Shoir ahvoli va she’r mubolag‘asi xususida”, “Nag‘ma va nag‘malar va aning asbobi va ul nag‘ma ta’siri xususida”, “Toshkand shahrida bo‘lg‘on nag‘ma bazmi xususida”, “Ilm xosiyati”, “Gimnaziya” va “Vistavka xususida” kabi asarlari asosida yoritiladi. Furqat qarashlarida mumtoz adabiy an’analar, hayotiylik, badiiy mahorat, ma’rifatparvarlik va yangilanish g‘oyalari o‘zaro uyg‘unlashgani asoslanadi.

Kalit so'zlar: Furqat, adabiy-estetik qarash, badiiy ijod, she’riyat, balog‘at, estetik ideal, musiqa estetikasi, ma’rifatparvarlik, milliy uyg‘onish.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi