ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

VEB-PLATFORMALAR VOSITASIDA TEXNIKUM O‘QUVCHILARINING RAQAMLI KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Nuritdinova, Gulnigor Taxirjanovna

O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, Mustaqil izlanuvchisi

2026-08-04 · pp. 197–205 · DOI: 10.5281/zenodo.21743527 · UDK 37

Annotatsiya

Ushbu maqolada veb-platformalar vositasida texnikum o‘quvchilarining raqamli kompetentligini rivojlantirish samaradorligini oshirishning pedagogik va metodik jihatlari yoritilgan. Raqamli ta’lim muhitining imkoniyatlaridan foydalanish, o‘quvchilarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda mustaqil ta’lim olish faoliyatini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, veb-platformalarning interaktiv ta’lim, amaliy topshiriqlarni bajarish, bilimlarni nazorat qilish va baholash, individual ta’lim traektoriyasini shakllantirishdagi imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda texnikum o‘quvchilarining raqamli kompetentligini rivojlantirishga ta’sir etuvchi pedagogik shart-sharoitlar hamda veb-platformalardan foydalanish samaradorligini oshirish mexanizmlari asoslab berilgan. Natijalar veb-platformalardan maqsadli va tizimli foydalanish o‘quvchilarning raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish, ta’lim jarayonining interaktivligini oshirish va kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini takomillashtirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.

Kalit so'zlar: raqamli kompetentlik, veb-platforma, texnikum o‘quvchilari, raqamli ta’lim, raqamli ko‘nikmalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, interaktiv ta’lim, masofaviy ta’lim, elektron ta’lim, pedagogik samaradorlik, mustaqil ta’lim, raqamli ta’lim muhiti.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi