"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
SHARQ MUMTOZ POETIKASIDA HUSNI MATLAB VA HUSNI TAXALLUS: “AL-MO‘JAM” VA “FUNUN UL-BALOG‘A” MISOLIDA
ToshDO‘TAU tayanch doktoranti
Annotatsiya
Mazkur maqolada “Al-Mu'jam” va “Funun ul-balog‘a” asarlarida yoritilgan husni matlab hamda husni taxallus badiiy san’atlari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda ushbu san’atlarning nazariy talqini, o‘xshash va farqli jihatlari hamda mumtoz poetikadagi o‘rni tahlil etiladi. Qiyosiy-tipologik va tavsifiy metodlar asosida olib borilgan tadqiqot natijasida har ikki asardagi qarashlarning mushtarakligi va o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanadi.
Kalit so'zlar: “Al-Mo‘jam”, “Funun ul-balog‘a”, husni matlab, husni taxallus, poetika, qiyosiy tahlil.