"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
UMUMIY O‘RTA TA’LIM TIZIMIDA O‘QUVCHILARDA FUNKSIONAL SAVODXONLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Annotatsiya
mazkur maqolada o‘quvchilarning funksional savodxonligini rivojlantirishning nazariy asoslari hamda pedagogik imkoniyatlari tahlil qilingan. Funksional savodxonlikning zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni, uning shaxsning ijtimoiy moslashuvi, tanqidiy va ijodiy fikrlashi, kommunikativ hamda tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, interaktiv ta’lim metodlari, loyiha asosida o‘qitish, madaniyatlararo yondashuv, kross-dissiplinar integratsiya, ta’limni shaxsiylashtirish, metodik materiallarni boyitish va tadqiqot faoliyatini tashkil etishning o‘quvchilarda funksional savodxonlikni shakllantirishdagi pedagogik imkoniyatlari asoslab berilgan.
Kalit so'zlar: funksional savodxonlik, pedagogik imkoniyatlar, interaktiv ta’lim, loyiha asosida o‘qitish, kross-dissiplinar yondashuv, madaniyatlararo kompetensiya, ta’limni shaxsiylashtirish, tadqiqotchilik kompetensiyasi.