"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
INGLIZ VA O‘ZBEK SIYOSIY MEDIA DISKURSIDA BAHO KATEGORIYASINING LINGVOPRAGMATIK XUSUSIYATLARI
Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya
Maqolada ingliz va o‘zbek siyosiy media diskursida baho kategoriyasining leksik-semantik, grammatik va pragmatik voqelanishi qiyosiy tahlil qilinadi. 2024-2025-yillardagi institutsional va jurnalistik media matnlaridan olingan misollar asosida ochiq va yashirin baho, modallik, intensivlik hamda iqtibosiy masofa mexanizmlari izohlanadi. Baholovchi vositalarning siyosiy pozitsiyani ifodalash, legitimlashtirish yoki delegitimlashtirish, auditoriyani safarbar etish va ishontirishdagi vazifalari ochib beriladi.
Kalit so'zlar: siyosiy media diskursi, baho kategoriyasi, lingvopragmatika, eksplicit baho, implitsit baho, modallik, legitimlashtirish, ishontirish strategiyasi.