"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
ZAMONAVIY O‘ZBEK POEZIYASIDA KONSEPTUAL TAHLIL: “QON VA SIYOH” SHE’RI MISOLIDA
Buxoro davlat universiteti 2-kurs tayanch doktoranti
Annotatsiya
Ushbu maqolada Najmiddin Ermatovning “Qon va siyoh” she’ri misolida badiiy matnni konseptual va lingvopoetik tahlil qilish masalalari tadqiq etiladi. Maqolada “Qon” (erk, milliy g‘urur, fidoiylik) va “Siyoh” (mustabid tuzum, soxtalashtirilgan tarix) obrazlari o‘rtasidagi dramatik oppozitsiya yoritilgan. Shuningdek, asardagi simvolizm, parallelizm hamda stilistik vositalarning g‘oyaviy-estetik ta’sirchanlikni oshirishdagi o‘rni ilmiy asoslab berilgan.
Kalit so'zlar: Najmiddin Ermatov, “Qon va siyoh”, lingvopoetika, konseptual tahlil, “Qon” konsepti, “Siyoh” obrazi, oppozitsiya, parallelizm.