"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
TARJIMADA AFORIZMLARNI IFODALASH MUAMMOLARI (“QIROL LIR” TRAGEDIYASI MISOLIDA)
Farg‘ona davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi
Annotatsiya
Ushbu tezisda Uilyam Shekspirning “Qirol Lir” tragediyasidagi aforizmlarning o‘zbek tiliga tarjima qilinishi jarayonidagi leksik-semantik, stilistik va lingvokulturologik muammolar tahlil qilinadi. Tadqiqotda G‘afur G‘ulom va Jamol Kamol tarjimalari chog‘ishtirilib, aforizmlarning asl ma’nosi, lakonizmi va obrazliligini saqlashda qo‘llanilgan tarjima usullari (kalkalash, ekvivalentlik, transpozitsiya, kontekstual moslik) o‘rganiladi. Aforizm va maqollarning chegaralanishi hamda ularning falsafiy va emotsional bo‘yog‘ini saqlash muammolari ilmiy asoslab berilgan.
Kalit so'zlar: aforizm, Qirol Lir, tarjimashunoslik, lakonizm, lingvokulturoLogiya, kontekstual ekvivalentlik, G‘afur G‘ulom, Jamol Kamol, Uilyam Shekspir, badiiy tarjima.