"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
SHARQ VA G‘ARB AYOL RUHIYATINING MAKTUBLARDAGI IFODASI: KUMUSH VA TATYANA OBRAZLARINING QIYOSIY TAHLILI
Oriental universiteti talabasi
Oriental universiteti o‘qituvchisi
Annotatsiya
Maqolada Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar» romanidagi Kumushbibi va Aleksandr Pushkinning «Yevgeniy Onegin» she’riy romanidagi Tatyana Larina obrazlari ularning sevgan yigitlariga yozgan maktublari misolida qiyosiy tahlil qilinadi. Sharq va G‘arb ayoli ruhiyatidagi o‘xshash va farqli jihatlar, maktublarning yozilish uslubi hamda ularning qahramon xarakterini ochishdagi badiiy vazifasi yoritiladi. Tahlil ikkala qahramonni birlashtiruvchi umumbashariy fazilatlar: samimiylik, jasorat, sadoqat bilan bir qatorda, madaniy kontekst va ijtimoiy mavqedan kelib chiqqan farqlarni ham ochib beradi.
Kalit so'zlar: Kumush, Tatyana, maktub, ruhiyat, qiyosiy adabiyotshunoslik, Sharq ayoli, G‘arb ayoli, Abdulla Qodiriy, Aleksandr Pushkin.