ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

INGLIZ VA O‘ZBEK PAREMIOLOGIYASIDA “OILA” KONSEPTINING MANTIQIY-SEMIOTIK INVARIANTLARI VA MILLIY XOSLANISHI

Shakirova, Nodiraxon Murodjon qizi

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon Davlat Universiteti mustaqil tadqiqotchisi

2026-08-04 · pp. 233–234 · DOI: 10.5281/zenodo.21743487 · UDK 811.111

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda ingliz va o‘zbek paremiologiyasida “oila” konseptining mantiqiy-semiotik invariantlari va ularning milliy-madaniy xoslanish xususiyatlari qiyosiy aspektda tahlil qilinadi. Ishning metodologik asosini G.L.Permyakovning struktur paremiologiya hamda mantiqiy-semiotik invariantlar nazariyasi tashkil etadi. Tahlil jarayonida ikki til paremiya fondidagi lafzan farqli, biroq semantik-mantiqiy jihatdan teng mantiqiy modellarga tegishli maqollar qiyoslanib, ularning milliy variantlanishi va kognitiv-stilistik xususiyatlari ochib beriladi.

Kalit so'zlar: oila konsepti, paremiologiya, G.L.Permyakov, mantiqiy-semiotik invariant, milliy xoslanish, ingliz va o‘zbek tillari.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi