"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
LISON UT-TAYR DOSTONI LIII BOBI NASRIY BAYONLARINING QIYOSIY TAHLILI
Qarshi davlat universiteti 2-bosqich magistranti
Annotatsiya
Mazkur maqolada Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr”dostoni LIII bobidagi “Muqbil va Mudbir” hikoyati misolida 2005 va 2022-yillarda nashr etilgan nasriy bayonlar qiyosiy tahlil qilinadi. Asliyat matni bilan nasriy bayonlar o‘zaro taqqoslanib, tarjima va tabdil jarayonida yuzaga kelgan leksik, semantik hamda uslubiy farqlar aniqlanadi. Shuningdek, ayrim tasavvufiy tushunchalarning turli nashrlarda qay darajada to‘g‘ri ifodalangani baholanadi.
Kalit so'zlar: Lison ut-tayr, Alisher Navoiy, Muqbil va Mudbir, nasriy bayon, qiyosiy tahlil, matnshunoslik, tabdil, tasavvuf, leksik-semantik xususiyat.