"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
OʻTKIR HOSHIMOV VA UILYAM FOLKNER IJODIDA OILA INSTITUTI TALQINI
mustaqil izlanuvchi, Farg‘ona davlat universiteti
Annotatsiya
Ushbu tadqiqotda Oʻtkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” va Uilyam Folknerning “Shovqin va gʻazab” romanlari misolida oila instituti talqinining qiyosiy-tipologik jihatlari tahlilga tortiladi. Har ikki asarda ham oila badiiy tasvirning markaziy obʼyekti sifatida boʻy koʻrsatsa-da, tizimli inqirozning genezisi va tabiati bir-biridan tubdan farq qiladi. Folkner prozasida oilaviy inqiroz endogen (ichki) xarakterga ega boʻlib, ota-onalik burchining inkor etilishi va ichki axloqiy tanazzul oqibatida yuzaga kelsa, Hoshimov badiiy olamida oila ekzogen (tashqi) kataklizm — urush sinovidan oʻtadi hamda uning barqarorligi koʻpincha mahalla-jamoa institutining ijtimoiy koʻmagi orqali taʼminlanadi. Shu bilan birga, har ikkala romanning oʻziga xos konseptual umumiyligi shundaki, oilaning haqiqiy funksional va maʼnaviy markazi anʼanaviy qon-qarindoshlik iyerarxiyasiga mansub shaxslar emas, balki tizimni tashqi tomondan integratsiyalash va saqlab turish missiyasini bajargan personajlar (Dilsi; Orif oqsoqol) ekanligi namoyon boʻladi.
Kalit so'zlar: oila instituti, “Ikki eshik orasi”, “Shovqin va gʻazab”, oilaviy inqiroz, jamoa, qiyosiy adabiyotshunoslik.