ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

“YOZILMAGAN XAT” MISOLIDA TO‘RT DARAJALI METODOLOGIK MODEL

Jumaniyazova, Nargiza

mustaqil izlanuvchi, Farg‘ona davlat universiteti

2026-08-04 · pp. 213–214 · DOI: 10.5281/zenodo.21743469 · UDK 82

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda Uilyam Folknerning “Shovqin va gʻazab” hamda Oʻtkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romanlaridagi qahramonlar nutqi va oila instituti qiyosiy-tipologik tahlilga tortiladi. Mualliflar ijodidagi “yozilmagan xat” poetik tushunchasi va “boʻsaqa xronotopi” universal interpretativ vosita sifatida oʻrganiladi. Tadqiqot natijasida, uzoq va tarixiy-genetik jihatdan bogʻliq boʻlmagan milliy adabiyotlarni teng huquqli oʻrganishga xizmat qiluvchi toʻrt darajali invariant qiyosiy-tipologik metodologik model taklif etilgan.

Kalit so'zlar: yozilmagan xat, epistolyar janr, ichki monolog, boʻsaqa xronotopi, oila instituti, qiyosiy adabiyotshunoslik, V.M. Zhirmunsky.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi