ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar

Geografiya ta’limida grafikli organayzerlar vositasida o‘quvchilarning tahliliy fikrlash salohiyatini rivojlantirish

Pirnazarov, Ravshan Topvoldiyevich; Mo‘minov, Doniyor G‘ulomovich; Karimova, Ruxshona Yigitali qizi

Farg‘ona davlat universiteti
Qo‘qon davlat universiteti

2026-10-24 · pp. 530–536 · DOI: 10.5281/zenodo.23492230

Annotatsiya

Ushbu maqolada geografiya fanlarini o‘qitish samaradorligini oshirishda grafikli organayzerlardan foydalanishning metodik va amaliy imkoniyatlari yoritilgan. Maqolada grafikli organayzerlarning mazmuni va vazifasiga ko‘ra 3 ta asosiy guruhga bo‘linishi nazariy va amaliy misollar bilan asoslab berilgan. Muallif “Klaster”, “Toifalash jadvali”, “T-jadval”, “Venn diagrammasi”, “Baliq skeleti” va “Konseptual jadval” kabi organayzerlarni dars jarayoniga tatbiq etish usullarini ko‘rsatib bergan. Tadqiqot natijalari grafikli organayzerlar o‘quv materiallarini vizuallashtirish, talabalarning kognitiv va tanqidiy fikrlashini hamda amaliy-tahliliy kompetensiyalarini rivojlantirishda yuqori pedagogik samaradorlikka ega ekanligini ko‘rsatadi.

Kalit so'zlar: geografiya ta’limi, interfaol usullar, grafikli organayzerlar, klaster, Venn diagrammasi, Baliq skeleti, T-jadval, Konseptual jadval, urbanizatsiya, geodinamik jarayonlar

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi