ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar

Geografiya o‘qitishda an’anaviy va interfaol metodlar integratsiyasi hamda ularning samaradorligi

Pirnazarov, Ravshan Topvoldiyevich; Muxtorova, Gulbaxor Sherzod qizi

Farg‘ona davlat universiteti

2026-10-24 · pp. 527–530 · DOI: 10.5281/zenodo.23492228

Annotatsiya

Mazkur maqolada maktab geografiya darslarida interfaol ta’lim metodikasi va an’anaviy ta’lim metodikasining mazmuni, o‘ziga xos xususiyatlari, qo‘llash imkoniyatlari hamda ta’lim jarayonidagi samaradorligi qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Interfaol ta’limda o‘quvchining dars jarayonidagi faol ishtiroki, mustaqil fikrlashi, guruhda ishlashi, muammoli vaziyatlarni tahlil qilishi va geografik ma’lumotlar asosida xulosa chiqarishiga alohida e’tibor qaratiladi. Maqolada ikki metodikaning o‘qituvchi va o‘quvchi roli, darsdagi faollik, bilimni o‘zlashtirish, mustaqil fikrlash, muloqot, amaliy ko‘nikmalar va baholash mezonlari bo‘yicha farqlari yoritiladi. Shuningdek, geografiya fanining xarita, statistik ma’lumot, geografik tasvir, kuzatish va amaliy topshiriqlar bilan bog‘liqligini hisobga olgan holda interfaol metodlardan foydalanishning metodik imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

Kalit so'zlar: geografiya ta’limi, interfaol ta’lim, an’anaviy ta’lim, pedagogik metodika, faol ta’lim, geografik fikrlash, muammoli ta’lim, guruhli ish, tadqiqotga asoslangan ta’lim, o‘quvchi faolligi

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi