ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar

Geografiya ta’limida global jarayonlar va ularni o‘rganishning zamonaviy metodologik yondashuvlari

Sarikulov, Mirkomil Olimovich

Andijon davlat pedagogika instituti

2026-10-24 · pp. 516–519 · DOI: 10.5281/zenodo.23492222

Annotatsiya

Zamonaviy dunyoda axborot va texnologiyalarning shiddatli rivojlanishi, iqtisodiy integratsiyaning chuqurlashuvi hamda ekologik va geosiyosiy muammolarning tus olishi geografiya ta’limining mazmun va mohiyatini tubdan o‘zgartirishni talab etmoqda. An’anaviy geografiya ta’limi ko‘pincha statik ma’lumotlarni uzatish, obyekt va hududlarning tavsifiy xarakteristikasini yodlashga yo‘naltirilgan edi. Biroq XXI asr ta’lim paradiagmasi o‘quvchi va talabalardan nafaqat tayyor faktlarni bilishni, balki murakkab va tezkor o‘zgaruvchan global jarayonlarning sabab-oqibat aloqadorligini tahlil qilish, fazoviy fikrlash hamda muammoli vaziyatlarda obyektiv xulosalar chiqarishni talab qilmoqda.

Kalit so'zlar: urbanizatsiya, globallashuv, aholi migratsiyasi, global iqtisodiyot, GIS, sanoat klasterlari

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi