ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar

“O‘zbekiston geografiyasi” kursida raqamli trenajyorlar va geymifikatsiyalashgan musobaqa-viktorinalardan foydalanishning interfaol metodikasi

Abduraxmonov, Botirjon Mirzamaxmudovich; Rahimov, Ixtiyor Baxtiyor oʻgʻli

Namangan davlat universiteti
Namangan davlat pedagogika instituti

2026-10-24 · pp. 513–516 · DOI: 10.5281/zenodo.23492216

Annotatsiya

Ushbu tezisda «O‘zbekiston geografiyasi» kursini o‘qitish jarayonida raqamli didaktik trenajyorlar va geymifikatsiyalashgan musobaqa-viktorinalarni qo‘llashning didaktik va metodik imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida yaratilgan "GeoSmart-UZ", "O‘zbekiston Iqtisodiyoti Bilimdoni" va "GeoMaster-UZB" kabi mualliflik raqamli veb-platformalarini dars va darsdan tashqari faoliyatga integratsiya qilish bo‘yicha texnologik algoritmlar hamda «GeoBrain-Uzbekistan» musobaqa-viktorinasining 3 bosqichli ssenariysi asoslangan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, geymifikatsiyalangan raqamli muhit o‘quvchilarning geofazoviy tafakkuri va kartografik xotirasini rivojlantirishda yuqori samaradorlik beradi.

Kalit so'zlar: geografiya ta’limi, raqamli didaktika, geymifikatsiya, veb-trenajyor, GeoSmart-UZ, GeoBrain-Uzbekistan, kartografik xotira, geofazoviy kompetensiya

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi