ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar

Geografiya ta’limida rolli o‘yinlar va raqamli interfaol texnologiyalarning gibrid modelidan foydalanish

Pirnazarov, Ravshan Topvoldiyevich; Tojiboyeva, Diloromxon Davronjon qizi

Farg‘ona davlat universiteti

2026-10-24 · pp. 505–509 · DOI: 10.5281/zenodo.23492208

Annotatsiya

Maqolada geografiyani o‘qitishda zamonaviy pedagogik yondashuvlardan foydalanish masalasi yoritilgan. Geografiya ta’limida o‘quvchilarning faqat fakt va geografik nomlarni yod olishi emas, balki xarita bilan ishlash, global miqyosda fikrlash, geografik jarayonlarning sabab va oqibatlarini tushuntirish hamda muammoli vaziyatlarda qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish zarurligi asoslangan. Shu maqsadda rolli o‘yinlar, simulyatsiyalar, gamifikatsiya va raqamli interfaol platformalarni birgalikda qo‘llashga asoslangan gibrid metodik model taklif etiladi. Xalqaro tadqiqotlar bilan bir qatorda O‘zbekiston olimlarining geografiya o‘qitish metodikasi, interfaol ta’lim, axborot texnologiyalari va raqamli ta’limga oid ishlari tahlil qilindi. Tadqiqotda gibrid modelning darsning motivatsiya, yangi bilimlarni o‘zlashtirish, amaliy tahlil, mustahkamlash va baholash bosqichlarida qo‘llash imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan.

Kalit so'zlar: geografiya ta’limi, jahon geografiyasi, mintaqaviy geografiya, rolli o‘yin, simulyatsiya, gamifikatsiya, interfaol metod, raqamli ta’lim, global miqyosda fikrlash, kartografik kompetensiya, GIS

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi