ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar

MSPA va MCR modellarining ilmiy-metodik asoslari va xorijiy tajriba

Mamirova, Zulfiyaxon Ibroximjon qizi; Adhamova, Mahbuba Umarjon qizi

Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktoranti

2026-10-24 · pp. 492–496 · DOI: 10.5281/zenodo.23492192

Annotatsiya

Maqolada morfologik fazoviy tuzilish tahlili (Morphological Spatial Pattern Analysis, MSPA) va minimal kumulyativ qarshilik (Minimum Cumulative Resistance, MCR) modellarining ilmiy-metodik asoslari tizimlashtirilgan hamda ularni qoʻllashning xorijiy tajribasi tahlil qilingan. MSPA binar rastr tasvirni yadro, koʻprik, halqa va boshqa sinflarga ajratib, potensial ekologik manbalarni obyektiv aniqlashga, MCR esa qarshilik yuzasi orqali manbalar oʻrtasidagi minimal xarajatli yoʻllarni modellashtirib, ekologik yoʻlaklarni aniqlashga xizmat qilishi koʻrsatilgan. Soʻnggi oʻn yillikda ushbu ikki usul graf-nazariy indekslar va elektr zanjiri nazariyasi bilan birgalikda yaxlit metodik tizimga integratsiyalashgani asoslangan. Markaziy Osiyoning quruq, togʻ oldi va suvgʻorma dehqonchilik landshaftlarida ushbu usullarni moslashtirish istiqbollari va cheklovlari muhokama qilingan.

Kalit so'zlar: MSPA, MCR, ekologik xavfsizlik karkasi, ekologik manba, ekologik yoʻlak, qarshilik yuzasi, GuidosToolbox, Fargʻona viloyati

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi