Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar
ArcGIS Pro dasturi ModelBuilder muhiti yordamida daryo tarmoqlarini avtomatlashtirilgan tarzda modellashtirish
Farg‘ona davlat universiteti
Annotatsiya
Mazkur maqolada zamonaviy geografik axborot tizimlari (GIS) texnologiyalari, jumladan, ArcGIS Pro dasturining ModelBuilder muhitidan foydalangan holda raqamli balandlik modellari (DEM) asosida hududlarning gidrologik tarmoqlarini avtomatlashtirilgan tarzda ajratib olish va ularning iyerarxiyasini ilmiy asosda modellashtirish masalalari yoritilgan. Tadqiqot jarayonida raster maʼlumotlarini mozaikalash, topografik sirtni nuqsonlardan tozalash, oqim yoʻnalishi va toʻplanish matritsalarini hisoblash, shuningdek, daryolarni Strahler usuli boʻyicha iyerarxik tasniflash hamda vektor formatga oʻtkazishdan iborat yaxlit geoboshqaruv zanjiri tahlil qilingan. Olingan natijalar gidrologik tahlillarni tezlashtirish, inson omili tufayli yuzaga keladigan xatoliklarning oldini olish va olingan vektor maʼlumotlardan kelgusida ekologik hamda amaliy geografik tadqiqotlarda foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Kalit so'zlar: gidrologiya, raqamli balandlik modeli (DEM), oqim matritsasi, iyerarxik tasniflash, fazoviy tahlil, geoboshqaruv, daryo havzasi, raqamli xaritaga tushirish