ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar

Yashil hududlar va ularning shaharlar geoekologik holatiga ta’siri (Sentinel-2 sun’iy yo‘ldoshi ma’lumotlari asosida Farg‘ona tumanining 2024–2025 yillardagi NDVI dinamikasi)

Fattoxov, Ne’matullox Abdulxakim o‘g‘li; Rustamova, Oygul Turg‘unali qizi

Farg‘ona davlat universiteti

2026-10-24 · pp. 470–476 · DOI: 10.5281/zenodo.23492172

Annotatsiya

Ushbu maqolada Farg‘ona tumanining 2024 va 2025-yillardagi geoekologik holati Sentinel-2 sun’iy yo‘ldoshi masofadan zondlash ma’lumotlari hamda NDVI (Normalizatsiyalangan farqli vegetatsiya indeksi) orqali atroflicha tahlil qilingan. Tumandagi 12 743 589 ta pikselli kosmik tasvirlar bazasi o‘rganilib, yillik o‘rtacha NDVI ko‘rsatkichlari, kvartil taqsimotlari va mavsumiy tebranishlar aniqlandi. Tadqiqot natijalari 2024-yildan 2025-yilga o‘tishda yillik o‘rtacha NDVI ko‘rsatkichining 0.3011 dan 0.2965 ga (-0.0046 ga) biroz pasayganligini va vegetatsiya davrining ikkinchi yarmida (avgust-sentabr) o‘simlik qatlamida siyraklashish yuz berganini ko‘rsatdi. Maqolada yashil hududlarning shahar mikroklimatini mo‘tadillash hamda geoekologik muvozanatni saqlashdagi o‘rni ilmiy jihatdan asoslab berilgan.

Kalit so'zlar: Yashil hududlar, geoekologiya, Farg‘ona tumani, Sentinel-2, NDVI indeksi, masofadan zondlash, vegetatsiya dinamikasi, GIS texnologiyalari

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi