ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar

Andijon shahri hududida yuza suv oqimlarini GIS-tahlili: berk botiqliklarni aniqlash va ulardagi suv hajmini baholash

Tojidinov, Bobur Sirajidinovich; Qo‘chqarova, Gulshoda Xabibullo qizi

Andijon davlat universiteti

2026-10-24 · pp. 454–457 · DOI: 10.5281/zenodo.23492155

Annotatsiya

Maqolada Andijon shahri hududida shakllanadigan yuza suv oqimlarini GIS vositasida tahlil qilish natijalari keltirilgan. QGIS muhitida raqamli relyef modeli asosida chuqurchalarni to‘ldirish, oqim yo‘nalishi va akkumulyatsiyasini hisoblash, suv yig‘ish havzalarini ajratish bosqichlari amalga oshirilib, relyef pastqamliklarida hosil bo‘ladigan berk botiqliklar aniqlandi. Zonal statistika asosida har bir botiqlikning suv hajmi hisoblandi. Natijada shahar hududida 5510 ta berk botiqlik, ularning umumiy suv sig‘imi ≈19,25 million m³ ekanligi aniqlandi. Bu ma’lumotlar suvni qayta ishlatish, rezervuar joylashtirish va chiqindi xavfini baholashda qo‘llanilishi mumkin.

Kalit so'zlar: GIS, QGIS, raqamli relyef modeli, berk botiqlik, yuza oqim, suv hajmi, suv resurslari, Andijon

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi